23-sentabr kuni Italiya Respublikasi OTMlari rahbarlari O‘zDJTUga tashrif buyurdi.

Ka-Foskari universiteti rektori Lippello Titsiana, Salento universiteti rektori Pollicho Fabio Perudja chet elliklar universiteti rektori De Chezarsi Valerio, Florensiya universiteti Xalqaro munosabatlar bo‘yicha prorektori Djovanetti Djordja,  Siyena chet elliklar uchun universiteti Xalqaro munosabatlar bo‘yicha prorektori Banya Karlalardan iborat Italiya Respublikasi OTMlari rahbarlari delegatsiya tashrif avvali O‘zDJTU rahbariyati vakillari tomonidan kutib olish bilan boshlandi.

 Mehmonlarni universitetning asosiy binosi kirish qismida kutib olingach, O‘zDJTU rektori I. Tuxtasinov, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov,  Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev, Tarjimonlik fakulteti dekani U. Yo‘ldoshev,  Italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri B. Ergashova hamda Italiya Respublikasi OTMlari rahbarlari delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv avvalida, I. To‘xtasinovning O‘zDJTU faoliyati hamda italyan tilining o‘qitilishi, hamkorlik aloqalari haqidagi ma’lumoti va takliflar tinglandi. So‘ngra, Italiya universitetlari rahbarlarining ma’lumotlari va hamkorlik bo‘yicha takliflari bildirildi.

Uchrashuv so‘ngiga, o‘zaro fikr almashildi va esdalik sovg‘alari ulashildi.

Uchrashuvda quyidagi masalalar muhokama etildi:

1) Italyan tilini o‘qitishni takomillashtirish maqsadida Italiya OTMlaridan malakali professor-o‘qituvchilarni O‘zDJTUga jalb qilish;

2) Italyan va boshqa chet tillari o‘qituvchilarini malaka oshirish uchun Italiya OTMlariga yuborish;

3) O‘zDJTU yosh olimlari va ilmiy tadqiqotchilarining Italiya OTMlarida qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarini tashkil qilish;

4) Italyan va boshqa chet tili guruhi talabalari uchun grantlar ajratish;

5) Xalqaro loyihalar, jumladan Yevropa Ittiffoqi Erasmus+ dasturi loyihalarini ishlab chiqish va ularda ishtirok etish;

6) Hammualliflikda italyan tili bo‘yicha darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari yaratish;

7) Mamlakatlarimiz tarixi va boy madaniyati bilan tanishtirish maqsadida talabalar uchun yozgi va qishki lagerlar tashkil qilish;

8) Hamkorlik doirasidagi tadbirlarni tashkil qilish uchun xalqaro tashkilotlar, fondlar va jamg‘armalar mablag‘larini jalb qilish.

2024-09-25 02-30

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi