O‘zDJTU Kengashi yig‘ilishida ilmiy daraja, ilmiy unvon va davlat mukofotiga sazovor bo‘lganlar taqdirlandi

O‘zDJTU Kengashi yig‘ilishida ilmiy daraja, ilmiy unvon va davlat mukofotiga sazovor bo‘lganlar taqdirlandi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Kengashining 1-son yig‘ilishi davomida universitet jamoasining ilmiy-pedagogik faoliyatdagi yutuqlari e’tirof etildi.

Yig‘ilish davomida ilmiy daraja va ilmiy unvonlarga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar munosib taqdirlandi.

Jumladan, Norboev Zafar Abdumuminovich 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi diplomni olgani munosabati bilan tabriklandi hamda noutbuk bilan taqdirlandi.

Shuningdek, professor ilmiy unvonini beruvchi diplomni quyidagi professor-o‘qituvchilar oldilar:

Muradkasimova Kamola Shuhratovna — Ingliz tili 1-fakulteti “Ingliz tilini o‘qitish metodikasi №1” kafedrasi professor v.b., pedagogika fanlari doktori (DSc);

Yo‘ldoshev Ulug‘bek Ravshanbekovich — Tarjimonlik fakulteti dekani, “Ingliz tili amaliy tarjima” kafedrasi professor v.b., pedagogika fanlari doktori (DSc);

Saidov Sanjar Shavkatovich — Xalqaro jurnalistika fakulteti “Siyosiy fanlar” kafedrasi mudiri, professor v.b., siyosiy fanlar doktori (DSc);

Jumaniyozova Muhayyo Tojiyevna — Ingliz tili 1-fakulteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi professor v.b., pedagogika fanlari doktori (DSc);

Muxammedova Hulkar Eliboyevna — Ingliz tili 2-fakulteti “Ingliz tili integrallashgan kursi №2” kafedrasi mudiri, professor v.b., filologiya fanlari doktori (DSc);

Umirov Ixtiyor Ergashevich — Ingliz tili 1-fakulteti “Umumiy tilshunoslik” kafedrasi professor v.b., filologiya fanlari nomzodi.

Dotsent ilmiy unvonini beruvchi diplomni quyidagilar oldilar:

Sadiev Valijon Alijonovich — yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor, Ingliz tili 1-fakulteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi dotsent v.b., pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD);

Ty Txi Kim Zung — Sharq filologiyasi fakulteti “Xitoy filologiyasi” kafedrasi dotsent v.b.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-avgustdagi Farmoniga muvofiq Hallieva Gulnoz Iskandarovna “Shuhrat” medali bilan mukofotlangani munosabati bilan samimiy tabriklandi.

Universitet Kengashi jamoasi nomidan barcha taqdirlanganlarni ushbu yutuqlari bilan muborakbod etib, ularga ilmiy-pedagogik faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz!

So`nggi yangiliklar

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube