29-yanvar kuni Rano Ushirevnа boshchiligida AQShda xizmat safari bilan bo'lib turgan O’zDJTU professor-o'qituvchilari Chikago vatandoshlar jamiyatiga tashrif buyurib, dastlab, o'quv markazda bo’lishdi va kichik yoshdagi bolalarga o'tilayotgan o'zbek tili darslarini kuzatishdi. 

O’quv markazdagi O'zbek tili o'qituvchisi Maftuna Mahmudovaga professor Xadicha Muxitdinova o'z darsliklari va bolalar uchun "O'zbekcha-inglizcha rasmli lug'at" kitoblarini sovg'a qildi.

Kunning ikkinchi yarmida Rano Urishevna rahbarligidagi delegatsiya az'olari bilan O'zbek-Amerika vatandoshlar jamiyatining Chikago shahridagi rahbari Olimjon Sharipov va o'quv markaz o'qituvchilari o’rtasida uchrashuv tashkil etildi. 

Uchrashuvda O’zbek-Amerika vatandoshlar jamiyati tomonidan yosh avlodning o'zbek tili va madaniyatini unutmasliklari uchun olib borayotgan ishlari, jumladan, 6 yoshdan 14-15 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun tashkil qilingan darslar, tadbirlar, ularni kelajakda yaxshi mutaxassis bo'lib yetishib, O'zbekistonda faoliyat yuritishlariga qaratilgan sa’y-harakatlar bilan tanishtirdi.

Dastur davomida, shuningdek, "Xorijiy tillarda so'zlashuvchilar uchun o'zbek tilini intensiv o'rgatuvchi multimedia mahsulotlari" amaliy loyihasi rahbari Madjidova Rano Urishevna va delegatsiyaning boshqa mutaxassislari bilan o’quv markazlarini o'zbek tili darsliklari va uslubiy qo'llanmalar bilan ta'minlash masalalari, xususan, elektron majmua yaratish borasida manfaatli kelishuvga erishildi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube