29-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasida xorijlik mehmonlarga hamrohlik qiladigan va tarjima ishlarida ko‘maklashadigan tarjimonlar uchun seminar davom ettirildi.

Tadbirni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berib, xalqaro darajadagi yirik tadbirlarda tarjimonlarning o‘rni va mas’uliyati muhim ekanini ta’kidladi. U volontyor tarjimonlar nafaqat chet tillarini bilishi, balki diplomatik protokol, muloqot madaniyati va mehmonlarga hamrohlik qilish qoidalariga ham amal qilishlari zarurligini ta’kidlab o‘tdi.

 

 

Tadbirda so‘z olgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan assambleya yig‘ilishining ahamiyati, 2 000 ga yaqin mehmonlar tashrif buyuradigan ushbu tadbir O‘zbekiston uchun muhim voqea ekanini ta’kidlab, uning yuqori darajada o‘tishi tarjimonlarning fidokorona mehnatiga ham bog‘liqligini qayd etdi.

Seminarning bugungi sessiyasida tajribali mutaxassislar tarjimonlarning xalqaro tadbirlardagi roli, samarali ish olib borish tamoyillari bo‘yicha muhim ma’lumotlar berdilar.

 

 

Bugungi ma’ruzachilar:

Zokirov Shohrux Turg‘unboy o‘g‘li – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimi
Daliyev Shohrux Xojiakbarovich – O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri birinchi o‘rinbosari
Abduganiev Abduaziz Abduvahidovich – O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi BMT boshqarmasi vakili
Asadov Shavkat G‘aybullaevich – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi professori
Bekmurodov Mansur Bobomurodovich – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi kafedra mudiri
Rasulov Adham G‘afurovich – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professori
Tuxtasinov Ilxomjon Madaminovich – O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori

Seminarning asosiy yo‘nalishlari:
-Xalqaro tadbirlarda volontyor tarjimonlarning o‘rni va mas’uliyati – Rasmiy delegatsiyalarni kutib olish, tarjimonlar faoliyatining muhim jihatlari.
- Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasiga tayyorgarlik jarayoni – Mehmonlarga axborot taqdim etish va tarjima sifati.
-Nutq madaniyati va kommunikatsiya qoidalari – Rasmiy uchrashuvlarda muloqot madaniyati va tarjimonlar etikasi.
-O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar – “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida amalga oshirilgan o‘zgarishlar.

 

 

Seminar davomida ishtirokchilar mavzular bo‘yicha muhokamalarda faol qatnashib, amaliy mashg‘ulotlarda o‘z tarjima ko‘nikmalarini rivojlantirdilar. Shuningdek, xalqaro protokol, mehmonlarni kutib olish va kuzatish qoidalari bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.

Bugungi seminarda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Toshkent davlat yuridik universiteti volontyor tarjimonlari ham ishtirok etib, o‘z bilim va tajribalarini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube