Pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi
13-avgust kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida oflayn hamda ZOOM onlayn platformasi orqali Axmedova Anorxon Nasibali qizining 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “Talabalarning yozma tarjima ko‘nikmasini korpus vositasi yordamida takomillashtirishning didaktik asoslari” mavzusidagi pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi himoyasi bo‘lib o‘tdi.
Ilmiy kengash majlisida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Ilxomjon Tuxtasinov hamda rasmiy opponentlar ishtirok etdi.
Himoya jarayonida tadqiqotning dolzarbligi, ilmiy yangiligi, metodologik asoslari va amaliy ahamiyati yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi. Dissertatsiya muallifi berilgan savollarga javob berib, tadqiqotning asosiy natijalarini batafsil yoritib berdi.
Shuningdek, rasmiy opponentlar tomonidan dissertatsiya yuzasidan fikr va tavsiyalar bildirildi.
Himoya yakunida dissertatsiya ishi Ilmiy kengash a’zolari tomonidan belgilangan tartibda baholandi.
2026-08-14 09-19