Respublikamizning turli viloyatlaridagi universitetlar vakillari OʻzDJTUga tashrif buyurdi

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston yoshlari yurtimizning turli hududlaridan Ginnes rekordini oʻrnatish maqsadida 18-avgust kuni Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan tadbirda ishtirok etish uchun yetib kelmoqda.

 

 

Bugun, 17-avgust kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetiga Navoiy, Jizzax, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari yoshlari tashrif buyurdi.

Mehmonlarni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Mahkamov hamda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov kutib oldi. Mas’ullar yoshlarga omad va muvaffaqiyatlar yor boʻlishini tilab, yurtimiz bayrogʻi faqat va faqat yuqoriga koʻtarilishi zarurligini ta’kidladi. 

 

 

Yoshlar OʻzDJTU yotoqxonasiga joylashtirildi, ular uchun maxsus dasturxon hozirlanib, taomlantirildi. Soʻng mehmonlarga “Bahodir Yalangtoʻsh” filmi namoyish etildi. 

Shuningdek, shijoatli va intiluvchan yoshlarning vaqtini maroqli o‘tkazish maqsadida shaxmat, shashka, tennis va boshqa sport turlari bilan shug'ullanishga zarur sharoit ham yaratildi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube