“Sessiyada stressga o‘rin yo‘q” shiori ostida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida psixologik profilaktikaga qaratilgan amaliy trening mashg‘uloti tashkil etildi. 

Treningda universitet psixologi Z. Xayrullayeva, Ingliz tili 2-fakulteti tyutorlari O. Artiqova va D. Burxonova hamda fakultetning 1-bosqich talabalari faol ishtirok etdilar.

Mazkur mashg‘ulotning asosiy maqsadi talabalarda stress holatlarini anglash ko‘nikmalarini shakllantirish, stressning psixofiziologik mexanizmlari haqida ilmiy tushunchalar berish, shuningdek, stressning nafaqat salbiy, balki ijobiy — eustress shakllari ham mavjud ekanligini ochib berishdan iborat bo‘ldi. Trening davomida stressning inson faoliyatiga ta’siri, xususan, kognitiv jarayonlar, emotsional barqarorlik va motivatsiya bilan bog‘liq jihatlar misollar asosida tahlil qilindi.

Mashg‘ulot yakunida talabalar stressni boshqarishning samarali usullari bilan tanishib, o‘quv jarayonida psixologik barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiluvchi amaliy tavsiyalar oldilar.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube