7- fevral kuni O‘zDJTU vakillari Indoneziyaga tashrifi Gunadarma Universitetida davom etdi.
2025-yil 7-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi Indoneziyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblangan Gunadarma Universitetiga tashrif buyurdi. Uchrashuv davomida ikki tomon o‘rtasida talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, grant ajratish, talabalar almashinuvi va ilmiy hamkorlik imkoniyatlari masalalari keng muhokama qilindi.
Tashrif davomida Gunadarma Universitetining muassisi va rektori, doktor, professor I.S. Margianti xonim universitetning imkoniyatlari va imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berdi hamda videoroliklar namoyish etildi. Rektor xonim O‘zbekistonning do‘sti sifatida, ko‘p yillik tajribasi va O‘zbekistondagi saylovlarda faol ishtirok etish tajribasi, shuningdek, bir qator oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorligi mavjudligini ta’kidlab o‘tdi.
Hamkorlik doirasida ingliz tili yo‘nalishi va kommunikatsiya yo‘nalishlarining dekanlari va kafedra mudirlari ham uchrashuvda ishtirok etishdi. Shuningdek, Gunadarma Universitetining medikommunikatsiya, jurnalistika, ingliz tili, Indoneziya tili va doktorantura yo‘nalishlarida grant ajratish va talabalar almashinuvi bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari ham muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida Gunadarma Universiteti rektori I.S. Margianti xonim va O‘zDJTU prorektori o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.
Ma’lumot uchun:
Gunadarma Universitetida 9 ta fakultet faoliyat yuritib, 40 mingdan ortiq talabalar tahsil olmoqda. Universitet Jakarta shahrida joylashgan bo‘lib, 60 dan ortiq binoga ega. Shuningdek, 63 gektar maydonda joylashgan orolda o‘z texnopark laboratoriyasiga ega bo‘lishi zamonaviy ta’lim va tadqiqot imkoniyatlarini ta’minlaydi.
Amaliyotchi:Ochildiyeva O'g'iloy