Yoshlar o‘rtasida kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

30-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida yoshlar o‘rtasida kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish, uning oldini olish hamda raqamli muhitda xavfsizlikni ta’minlashga bag‘ishlangan profilaktik uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi magistraturasi “Tashkiliy-strategik boshqaruv” mutaxassisligi tinglovchisi podpolkovnik  Egamberdiyev Maqsadbek Avazovich olib bordi.

Tadbirda shuningdek, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Valijon Sa’diyev, universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar, Uchtepa tumani IIOFMB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik A.A. Ochilov qatnashdi.

Uchrashuv davomida yoshlar kiberjinoyatchilikning oldini olish, internet va ijtimoiy tarmoqlarda xavfsiz xulq-atvor qoidalariga rioya qilish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, shuningdek, raqamli muhitdagi huquqbuzarliklarning huquqiy oqibatlari haqida batafsil ma’lumot oldi.

Ma’ruzachilar kiberxavfsizlikni ta’minlashda profilaktik tadbirlarning ahamiyati, korrupsiyaviy va boshqa huquqbuzarlik holatlarining oldini olishda raqamli nazorat mexanizmlarining o‘rni hamda yoshlarning huquqiy mas’uliyatini oshirish masalalarini alohida ta’kidlashdi.

Uchrashuv yakunida talaba-yoshlar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi va bunday targ‘ibot tadbirlarini muntazam tashkil etish yoshlar orasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda muhim ahamiyatga ega ekanligi qayd etildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube