Memorandum orqali tashkil etilayotgan hamkorlik asosida oliy taʼlim muassasalarining xalqaro reytingda TOP-1000 talikka kirishini taʼminlash, kredit-modul tizimini joriy etish asosida taʼlim jarayonini takomillashtirish, akademik almashinuv dasturlarini amalga oshirish, taʼlim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish kutilmoqda.
Ushbu hamkorlik Malakali pedagog kadrlarni tayyorlash, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini oʻquv jarayoniga tatbiq etishda oʻzaro tajriba almashish, hamkorlikda uzluksiz taʼlim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek tarmoq korxonalari uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilgʻor xorijiy oliy taʼlim muassasalari tajribasini chuqur oʻrgangan holda taʼlim standartlari, oʻquv reja va dasturlarini takomillashtirish, yangi avlod oʻquv adabiyotlarini yaratish va ularni taʼlim jarayoniga keng tatbiq etish, oliy taʼlim muassasalarini zamonaviy oʻquv, oʻquv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan taʼminlash, qoʻshma taʼlim dasturlari va ilmiy-texnik loyihalarni amalga oshirish, Taʼlim muassasasining ilmiy salohiyatni oshirish, ilmiy tadqiqot faoliyatini yanada rivojlantirish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini jadallashtirish, Professor va ilmiy tadqiqotchilarning ilmiy maqolalarini Impact Factor, Peer Review, jumladan Scopus va Web of Science xalqaro bazalariga kiritilgan ilmiy jurnallarda chop ettirish va Xirsh indeksida havolalar soni ortishiga erishish, oliy oʻquv yurtlarining oʻquv-ilmiy texnik bazalaridan, laboratoriyalaridan hamkorlikda foydalanish ishlarini yoʻlga qoʻyish, Hamkor oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari va ilmiy tadqiqotchilarining xorijiy va mahalliy loyihalarda ishtirokini kengaytirish kabi qator imkoniyatlarni beradi.
Ushbu Memorandum har ikki tomon imzolagan kundan boshlab kuchga kiradi va 5 yil davomida amal qiladi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube