O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2024-2025- o‘quv yiliga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Talabalarga keng imkoniyat va qulay sharoit yaratish maqsadida bugun universitet hududida yana bir majmua o‘z ishini boshladi.
29-avgust kuni ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan yangi kompyuter xonasi eng so‘ngi qulayliklar va zamonaviy texnikalarga ega majmualardan biri bo‘ldi.
Binoning ochilish marosimida universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etdi hamda binoni ochib berdi.
150 o‘ringa mo‘ljallangan inshootda endilikda talabalar xalqaro test sinovlarini topshirishlari va boshqa sinovlarda foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
Ochilish marosimida universitet rahbariyati vakillari, professor o‘qituvchilar ishtirok etdi.