INGLIZ TILI FUNKSIONAL LEKSIKA KAFЕDRASI
Kafedra mudiri:
Kushiyeva Nodira Xabibjonovna, Pedagogika fanlari doktori (DSc), kafedra mudiri
Qabul vaqti: Dushanba-shanba 9:00-19:00
Kafedra faoliyati 2021-yildan boshlangan.
- Asosiy shtatda (asosiy shtat-27 ta, ilmiy darajasi-3ta)
- Tashqi o‘rindosh – 1 ta
Ingliz tili funksional leksika kafеdrasining asosiy shtatdagi 27 nafar a'zosidan 27 nafari C1 darajadagi Milliy va хalqaro til bilish sеrtifikatlariga ega:
- Multivel 15 ta
- TESOL&TEFL 4 ta
- TEFL 4 ta
- IELTS 4 ta
Kafedra a'zolaridan bir qanchasi chet davlatlarida malaka oshirgan.
Kafedraning asosiy maqsadi: 1-bosqich talabalarining amaliy fanlarini mustahkamlash asosida ularni amaliy fanlarga yo‘naltirish.
Kafedraning asosiy vazifalari: talabalarning amaliy bilimlarini oshirishga ko‘maklashish.
Kafedraning ilmiy yo‘nalishi: metodika.
Kafedrada o‘qitiladigan ta'lim yo‘nalishlari: Filologiya va tillarni o‘qitish
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:
- Amaliy grammatika va fonetika
- Og'zaki nutq amaliyoti
- O‘qish va yozish amaliyoti
Kafedraning ilmiy tadqiqot ishlari:
- Kafedra professor-o‘qituvchilarini ilmiy salohiyatini oshirishga qaratilgan ilmiy seminarlar tashkil etildi:
- Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan darslik, o‘quv qo‘llanmalar tayyorlanishi;
- Kafedra professor-o‘qituvchilari Scopus, Web of Science, impakt factor va OAK ro‘yxatidagi jurnallarda maqolalar chop etishga yo‘naltirish;
- Kafеdra o‘qituvchilari tomonidan 2024-2025 o‘quv yilining birinchi yarim yilligida turli хalqaro va ОAK ilmiy jurnallarida hamda хalqaro va rеspublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konfеrеnsiya to‘plamlarida chop etildi.
- Kafеdra v.b. dotsenti Xolmurodova Madina 10.00.06- Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog’ishtirma tilshunoslik ixtisosligi bo‘yicha “Ingliz va o‘zbek dialektlarida vokalizmning chog’ishtirma tadqiqi” mavzusida tadqiqotlar olib borgan.
- Kafedra o‘qituvchi-stajyori Ro’ziboyev Quvonchbek Ergash o‘g`li 13.00.02- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo`yicha “Filologik yo'nalishdagi talabalarga ingliz tilini o‘qitishda frazeologik kompetensiyasini kognitiv yondashuv asosida takomillashtirish” mavzusida tadqiqotlar olib bormoqda.
- Kafedra stajor o‘qituvchisi Raximova Go`zal Bagriddinovna 13.00.02- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Talabalarning ingliz tilida yozma nutq kompetensiyasini rivojlantirishda sun’iy intelektdan foydalanish texnologiyasi” mavzusida tadqiqotlar olib bormoqda.
- Kafedra o`qituvchisi Jumakulova Nargiza Rahmatullayevna 13.00.02- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo`yicha “Talabalarning media kompetensiyasini rivojlantirishda integrativ yondashuvdan foydalanish metodikasi (ingliz tilini o'qitish misolida)” mavzusida tadqiqotlar olib bormoqda.
- Xalqaro hamkorlikning yo‘lga qo‘yilganligi;
- Xorijiy professorlar bilan hamkorlikda maqolalar chop etish;
- 2024-2025-yilda Xalqaro konferensiya o‘tkazishning rejalashtirildi;
- "Young researchers" va "Og’zaki nutqni rivojlantirish" nomli to‘garaklarning faoliyat olib borilishi.
- Kafеdra profеssor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan o‘quv adabiyotlar yaratildi.
- Maktabgacha ta’lim va boshlang‘ich sinflar uchun ingliz tili o‘qitish metodikasi darsligi yaratildi;
- ОTMlar bakalavriatning 1-kurs talabalari uchun Ingliz amaliy fonetikasi o‘quv-uslubiy qo‘llanmasi yaratildi;
- “Discourse Analysis. Theory and Practice” qo‘llanma yaratildi.
- “Reading and Writing: Theory and Practice” o‘quv uslubiy qo‘llanma yaratildi.
Kafedra yutuqlari:
- Ingliz tili funksional leksika kafedrasi xalqaro aloqalar bo‘yicha faolligi.
- Kafedra xorijiy talabalar bilan ishlada faolligi.
- Kafedra professor o‘qituvchilari xalqaro konferensiyalar tashkilashtirishda faolligi.
- Kafedrada xalqaro hamkorlik doirasida O‘zDJTU rektori I.M.Tuxtasinovning 353-sonli O‘zDJTU ingliz tili professor-o‘qituvchilarining Chet tillarini o‘qitish metodikasi borasidagi bilimlarini oshirish to‘g’risidagi qarori ijrosi yuzasidan “Exploring and understanding today’s demands for foreign languages: Going beyond English languages competencies” nomli 20 soatga mo‘ljallangan seminar- training tashkil qilindi.
- Ingliz filologiyasi fakulteti, Ingliz tili funksional leksikasi kafedrasi mudiri Kushiyeva Nodira Xabibjonovna Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan tashkil etilgan yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish yuzasidan o‘tkazilgan tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Buyuk Britaniyaning Norwich Institute for Language Education institutida malaka oshirib qaytdi. Mazkur dasturga binoan N.Kushiyeva Ta’limga klasterli yondashuvni tadbiq etish bo‘yicha izlanishlar olib bordi hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini amalda tadbiq etdi.
- Ingliz tili funksional leksikasi kafedrasi mudiri N.Kushiyeva 2024- yilning 26-iyunidan 23-iyuliga qadar INTEGRATING INDUSTRY FOUR DOT ZERO COMPETENCY AND TWENTY FIRST CENTURY SKILLS IN EDUCATIONAL INSTITUTIONS PROGRAM in India, at National Institute of Technical Teachers Training and Research programmasi bo’yicha malaka oshirib qaytdi.
- Kafedra katta o‘qituvchisi Rasulova Nodira Baxodirovna oktabr oyida Finlyandiya davlatida malaka oshirib qaytdi.
- Kafedra katta o‘qituvchisi Rasulova Nodira Baxodirovna tomonidan universitet o‘qituvchilari uchun “Ta’limdagi innovatsiyalar: Finlyandiya ta’lim modelini o‘rganish” haqida ilmiy seminar tashkillashtirib berdi.
- Bir necha talabalar “El-yurt umidi-finding organic exchange” dasturi doirasida grant yutib olib AQSh shtatida o‘qishni davom ettirmoqdalar shu bilan birga respublika va xalqaro konferensiyalarda talabalarimiz o‘z maqola va tezislari bilan qatnashmoqdalar. Bir nechta talabalarimiz mahalliy jurnallarda maqolalar nashr etishdi.
- Ingliz filologiyasi fakulteti, Ingliz tili funksional leksika kafedrasi v.b. dotsenti, (PhD) Xolmurodova Madina Alisher qizi tomonidan "Ilmiy maqola yozish tartibi" mavzusiga oid ilmiy-seminar o'tkazildi.
Muhim loyihalar va tashabbuslar
“EXPERIMENTAL PHONETICS” SCIENTIFIC-PRACTICAL LABORATORY
Ilmiy -amaliy laboratoriyasi tashkil qilindi.
MA’NAVIY – MA’RIFIY ISHLAR
- Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun Speaking, Reading va Writing to‘garaklari tashkil etilgan. 1-kurs talabalari o‘qituvchilar bilan birgalikda “Adiblar xiyoboni” va “Mustaqillik maydoni”, “Yangi O‘zbekiston” bog’lariga tashrif buyurib davra suhbatlari va debatlar olib borishdi;-Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʻllab quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-87-son farmoni mazmun mohiyatidan kelib chiqib, reja asosida 3-son TTJlarida “Kafedra kunlar” doirasida talaba-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, ularning hayotidagi muammolarini hal etish, talaba-qizlarni har tomonlama qo‘llab quvvatlash maqsadida kafedra o‘qituvchilari tomonidan turli tadbirlar o‘tkazilmoqda.
- Kafedra professor-o‘qituvchilari “5-TTJ da Zakovat” intelektual o‘yini uchun 11.10.2024 sanasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ingliz filologiyasi fakulteti, Funksional leksika kafedralari o‘qituvchilari Karimova N, Xayitboyev B, Alikulova S, Jo‘rayeva I, Ro‘ziboyev K, Normaxmatova F tomonidan 5-TTJ da talabalar o‘rtasida Zakovat intelektual o‘yini bag’ishlangan tadbir o‘tkazildi.
- 21-Oktabr “O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun” munosabati bilan Ingliz filologiyasi fakulteti, Ingliz tili funksional leksika kafedrasi professor-o‘qituvchilari G. Raximova, M. Xajiyeva A. Ne’matova, D. Turg’unboyeva, M. Xolmurodova, B. Xayitboyevlar tomonidan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
KAFЕDRADA O'QITILADIGAN IKKINCHI CHET TILI HAQIDA MA'LUMOT
KAFEDRA MUDIRI: Kushiyeva Nodira
KAFEDRA TARKIBI
Asosiy shtat:
v.b dotsent-1 ta
Katta o'qituvchi - 2 nafar
O'qituvchi - 4 nafar
O'qituvchi - stajyor- 15 nafar
Jami – 22 nafar
O'rindoshlar:
O'qituvchi - stajyor- 1 nafar
Jami – 5 nafar
KAFЕDRADA O'QITILADIGAN FANLAR
60230100 – Filologiya va tillarni o'qitish (Sharq tillari)
60230100 – Filologiya va tillarni o'qitish (Roman-german tillari)
1-2-kurslar Kunduzgi va kеchki ta'lim
G'arb tili va adabiyoti
Ikkinchi chet tili
KAFЕDRA PROFЕSSOR-O'QITUVCHILARINING YUTUQLARI
-Ingliz tili amaliy aspektlari kafеdrasining asosiy shtatdagi 23 nafar a'zosidan 22 nafari C1 darajadagi Milliy va хalqaro til bilish sеrtifikatlariga ega.
CHOP ETILGAN ILMIY MAQOLA VA TЕZISLAR
-Kafеdrada 2022-2023 o'quv yilining birinchi yarim yilligida 120 dan ortiq ilmiy maqolalar turli хalqaro va ОAK ilmiy jurnallarida hamda хalqaro va rеspublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konfеrеnsiya to'plamlarida chop etildi.
KAFEDRA PROFESSOR-O’QITUVCHILARI VA TALABALARI TOMONIDAN ERISHILGAN YUTUQLAR
-Kafеdra o'qituvchilari orasida “Xalq ta’limi a’lochisi” va “Prezident stipendiyasi” sovrindorlari mavjud. Bundan tashqari 1 nafar o’qituvchi TEFL va 3 nafar o’qituvchi TESOL sertifikatlarini qo’lga kiritishdi.
MA’NAVIY – MA’RIFIY ISHLAR.
2024-yil 8-noyabr kuni Ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz tili funksional leksikasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan "Raqamli Dunyoda Xavfsizlik: Kiberhujumlarga Qarshi Himoya" mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.