XOLMURODOVA MADINA ALISHER QIZI

Ingliz tili funksional leksika kafedrasi: Dotsent

Ingliz tili nazariy fanlar kafedrasi: Kafedra mudiri

4-kurs kafedrasi: Stajer-o‘qituvchi

Ingliz tili nazariy fanlar kafedrasi

Kafedra mudiri: Xolmurodova Madina Alisher qizi

Filologiya fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent

Qabul vaqtlar: har kuni 12:00- 16:00
Tel: +998 93 907 77 78

E-mail: kholmurodovamadina599@gmail.com

Kafedra joylashgan bino: Ingliz filologiyasi fakulteti, 3-qavat

Kafedra tarixi: Nazariy fanlar kafedrasi 2021 yilda tashkil topgan. Bu qisqa davr ichida kafedrada juda ko‘plab yetuk olim va mutaxassislar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Kafedralar orasida eng ilg‘or va ilmiy darajasi yetuk professor va o‘qituvchilar ish olib bormoqda.

Nazariy fanlar kafedrasi birinchi mudiri: katta o‘qituvchi Timanova Roza Valerevna 2021-2023 yilga qadar boshqargan. 2023-2024 yilga qadar Filologiya fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent O‘sarov Ibrohimjon kafedra mudir etib tayinlangan. 2024-2025 yilga qadar Filologiya fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Xaydarov Ilhom To‘xtayevich boshqargan. 2025-yil 04-sentabrdan hozirgi qadar Filologiya fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Xolmurodova Madina Alisher qizi boshqarib kelmoqda.

Kafedra tarkibi:

Nazariy fanlar kafedrasida 24 ta professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritadi:

  1. Xolmurodova Madina Alisher qizi – kafedra mudiri
  2. Hamdamova Mahzuna Tursunovna – v.b.professor, DSc
  3. Nazarova Gulbaxor Аzimjon qizi – dotsent, PhD
  4. Mannonova Saodat Аrtikovna – v.b. dotsent PhD
  5. Xaitqulov Zaxriddin Xazratqul o‘g‘li – v.b. dotsent, PhD
  6. Reymov Bekkenbauyr Xodjametovich – katta o‘qituvchi, PhD
  7. Timanova Roza Valerevna – katta o‘qituvchi
  8. Аrifjanova Nilufar Mirsidikovna – katta o‘qituvchi
  9. Murtazaeva Аisafar Bazarkulovna – katta o‘qituvchi
  10.  Аzimov Аzamat Xayrulloeivich – katta o‘qituvchi
  11.  Sharipova Nilufar Egamnazarovna – katta o‘qituvchi 
  12.  Zokirova Dildora Baxtiyarovna – o‘qituvchi
  13.  Аzimova Muxayyo Puladjonovna – o‘qituvchi
  14.  Qiyomidinova Nilufar Qaxramon qizi – o‘qituvchi
  15.  Novik Karina Rishatovna – o‘qituvchi
  16.  Umaraliev Fazliddin Faxritdin oʼgʼli – o‘qituvchi
  17.  Аshurov Bobir Shakirovich – o‘qituvchi
  18.  Salimova Nilufar Аminjon qizi – o‘qituvchi-stajyor
  19.  Majidova Feruza Islom qizi – o‘qituvchi-stajyor
  20.  O‘ktamjonova Dilfuzaxon Nematjonovna – o‘qituvchi-stajyor
  21.  Sobirova Feruza Islomjon qizi – o‘qituvchi-stajyor
  22.  Satishova Fariza Yergʼali qizi – o‘qituvchi-stajyor
  23.  Sanoqulova Marjona Avaz qizi – o‘qituvchi-stajyor
  24.  Yo‘ldoshxonov Javohirbek Dilshodbek o‘g‘li – o‘qituvchi-stajyor

Kafedraning asosiy maqsadi:

O’zbekistonda tilshusnoslik sohasida yetuk kadrlarni tayyorlash.

Kafedarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • oliy taʼlimning davlat taʼlim standartlariga muvofiq tuzilgan o‘quv rejalarda belgilangan ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarini yuksak uslubiy va kasbiy darajada o‘tkazish;
  • talabalarning bitiruv malakaviy ishlari, magistrlik dissertasiyalari va mustaqil izlanuvchilarga rahbarlik qilish;
  • talabalar bilimini kredit-modul tizimi asosida adolatli baholash;
  • kafedra fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqqa taqdim etish;
  • darslik, o‘quv, uslubiy qo‘llanmalarni tayyorlash va nashr etiladigan boshqa darslik, o‘quv qo‘llanma va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni muhokama qilib borish;
  • kafedra professor-o‘qituvchilariga ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun shart-sharoit yaratish;
  • tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish va keyingi bosqichlarga tavsiya etish;
  • taʼlim, fan va ishlab chiqarishning integrasiyalashuvini taʼminlash;
  • kafedra professor-o‘qituvchilarining o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, maʼnaviy-maʼrifiy va tashkiliy ishlar bo‘yicha shaxsiy rejalarini ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
  • tajribali professor-o‘qituvchilarning ish tajribalarini o‘rganish, umumlashtirish va tarqatish, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘zlashtirish va ularni dars jarayoniga tatbiq etish.

Kafedraning ilmiy yo’nalishi:

  • 10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik chog`ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi
  • 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi 

 

Kafedrada o’qitiladigan fanlar:

  •   Qiyosiy tipologiya;
  •   Leksikologiya;
  •   Nazariy grammatika va til tarixi;
  •   Nazariy fonetika;
  •   Til va madaniyat;
  •   Amaliy lingvistika;
  •   Til sertifikatiga tayorlash amaliyoti;
  •   Chet tillarni o‘qitishning integrallashgan kursi
  •   Tilni baholash tamoyillari va amaliyoti;
  •   Stilistika;
  •   Turli yoshdagilarga chet tilini o'qitish;
  •   Tarjima nazariyasi va amaliyoti.

Kafedrada tayyorlanayotgan bakalavriat ta’lim yo’nalishi

60230100- Filologiya va tillarni o’qitish (ingliz tili)

Kafedraning hamkor tashkilotlari: Uchtepa tumanidagi 283-oʻrta taʼlim

maktabi.

Kafedra yutuqlari: Kafedra a’zolari respublika va xalqaro miqyosda ilmiy tadqiqot faoliyatini faol olib bormoqdalar. Har yili o‘qituvchilar tomonidan ilmiy maqolalar, tezislar, monografiyalar hamda o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar chop etilmoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilari o‘z ilmiy izlanishlarini tilshunoslik, adabiyotshunoslik, tarjima nazariyasi, til o‘qitish metodikasi va zamonaviy pedagogik texnologiyalar yo‘nalishlarida olib boradilar. Shuningdek, kafedra xodimlari ilmiy loyihalar va grantlarda ishtirok etish, yosh tadqiqotchilarni ilmiy izlanishlarga jalb etish hamda ilmiy seminar va konferensiyalar tashkil etish orqali ilmiy muhitni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqdalar. Kafedra a’zolari tomonidan tayyorlangan ilmiy ishlanmalar respublika va xorijiy ilmiy jurnallarda e’lon qilinib, universitetning ilmiy nufuzini oshirishda muhim o‘rin tutmoqda.

Bundan tashqari, kafedrada faoliyat yuritayotgan yosh o‘qituvchilar va magistrantlar uchun muntazam ravishda ilmiy-uslubiy seminarlar, “Young Researchers”, “English for all ages” va “English for Academic Purposes”   klublari doirasida ilmiy munozaralar, mahorat darslari va tajriba almashish uchrashuvlari tashkil etiladi. Bu esa nafaqat ilmiy salohiyatni oshiradi, balki yangi avlod tadqiqotchilarining shakllanishiga ham zamin yaratadi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube