ZIYADULLAYEV ILXOM OBLAKULOVICH

Nemis tili nazariy fanlar kafedrasi: Kafedra mudiri

Nemis tili nazariy fanlar kafedrasi

1.Kafedra tashkil topgan sana: Nemis tili nazariy fanlar kafedrasi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tarkibidagi eng asosiy kafedralardan biridir. Mazkur kafedra 2021-2022 o‘quv yilida Nemis tili nazariyasi va amaliyoti kadefrasi tarkibida tashkil qilingan.

2.Kafedra mudiri ismi, familyasi, sharifi: Ziyadullaev Ilhom Oblakulovich

3.Kafedrada nechta oqituvchi faoliyat yuritadi: Bugungi kunda kafedrada jami 20 nafar professor-o‘qituvchlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Shundan, 17 nafari asosiy shtatda, 2 nafari ichki o‘rindoshlar va 1 nafari tashqi o‘rindoshlar. 

4.Kafedrada ilmiy darajasi bor oqituvchilar soni va ism familyasi:

  1. Abdullaeva R.  F.f.d. dots.
  2. Ziyaeva S.А    P.f.d. prof.
  3. Raximov X.R.  f.f.n., prof.
  4. Ismoilov Yu.N.  f.f.n., dots.
  5. Begmatova R.B. PhD. Dots.
  6. Kinjayeva G.S. PhD. Dots.

 

5. Kafedra bilan yolga qoyilgan hamkorliklar: Hozirgi kunda universitetimizda nemis tilini asosiy chet tili sifatida 978 dan ortiq va ikkinchi chet tili sifatida 2000 ga yaqin talaba o‘rganmoqda. Lingvistika (nemis tili) mutaxassisligi bo‘yicha magistraturada bugungi kunda 20 nafar magistrant tahsil olmoqda.

Kafedra halqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Germaniyaning OTMlari va xalqaro tashkilotlari - Mayns universiteti, Boxum Rur universiteti, Frayburg universiteti, Xaydelberg pedagogika universiteti, Mannxaym Nemis tili instituti, Gyote instituti, Germaniya elchixonasi va DAAD tashkiloti bilan samarali hamkorlikni amalga oshirmoqda. Mazkur hamkorlik doirasida bir nechta xalqaro loyihalar amalga oshirildi. Jumladan, shu kunga qadar yuqoridagi OTM va tashkilotlar ko‘magida universitetga 30dan ortiq Germaniyalik mutaxassislar taklif qilindi. Ular yordamida universitetda talabalarga germanistikaning eng dolzarb mavzulari bo‘yicha ma‘ruzalar o‘qish bilan bir qatorda nemis tilini o‘qitishning zamonaviy metodlarini joriy qilish, yangi dastur, darsliklar yaratish yuzasidan o‘quv seminarlari tashkil qilindi.

2023 yil bahorgi semestrda 3 nafar nemis tili o‘qituvchisi va  2 nafar talaba akademik mobillik bo‘yicha Germaniyaning Boxum universitetida bo‘lib qaytishdi.

2024 yil fyevral oyida Nemis tili nazariy fanlar kafedrasi o‘qituvchi Asrayev Sadriddin Germaniyaning Xaydelberg pedagogika oliy o‘quv yurtida malaka oshirib qaytdi.

2024 yil 4 maydan 16 maygacha Roman-german filologiyasi fakulteti va Tarjimonlik fakulteti 12 nafar talabasi hamda universitet 3 nafar doktoranti Germaniyaning Mayns va Xaydelberg pedagogika oliy o‘quv yurtida malaka oshirib qaytdilar.

O‘zDJTU va Xaydelberg pedagogika oliy o‘quv yurti o‘rtasidagi shartnomaga asosan 4-bosqich talabasi Pezsenova Gulnur 2024-2025 o‘quv yili 7-semestrini Germaniya universitetida akademik mobillik doirasida tahsil olib qaytdi.

O‘zDJTU va Boxum Rur universitetlari o‘rtasidagi Erasmus mobilllik dasturi  loyihasi doirasida shu kengacha 5 nafar talaba tahsil olgan.

O‘tgan yillar davomida 20 dan ortiq talaba va 10 dan ortiq professor-o‘qituvchilar Germaniya elchixonasi, DAAD va Gyote institutlari tomonidan e‘lon qilingan tanlovlarda g‘olib bo‘lib Germaniyaning bir qator OTMlarida til o‘qitish, magistratura va malaka oshirish kurslarida ishtirok etish imkoniga ega bo‘ldilar.

6.Erishgan yutuqlari: Nemis tili nazariy fanlar kafedrasining hamkorlaridan biri Germaniya Akademik almashuv xizmati-DAAD tashkiloti bo‘lib, amaldagi shartnomaga asosan Germaniyalik DAAD lektori Johanna Mayer 3 yildan beri talabalarga dars berib kelmoqda.  

Kafedra qo‘shida O‘zbekiston nemis tili o‘qituvchilarini birlashtiradigan va ular faoliyatini muvofiqlashtiradigan O‘zbekiston nemis tili o‘qituvchilari assotsiatsiyasi mavjud. Bu assotsiatsiya O‘zbekistonning turli o‘rta va oliy o‘quv yurtlarida ish boshlagan yosh nemis tili o‘qituvchilari uchun malaka oshirish seminarlari tashkil etadi.

2024 yilning mart va iyun oylarida Nemis tili nazariy fanlar kafedrasi hamda O‘zbekiston nemis tili o‘qituvchilari assosiatsiyasi bilan hamkorlikda Markaziy Osiyoda nemis tilini oqitishning dolzarb masalalariva “Qiyosiy filologiyaning dolzarb masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalari tashkil qilindi. Mazkur konferensiyada dunyoning 10 dan ortiq davlatlaridan 120 nafarga yaqin olimlar qatnashdi.

Va boshqa qoshimcha malumotlar: 

Kafedra bakalavriat ta‘lim yo‘nalishi -60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (nemis tili).

Kafedra magistratura mutaxassisligi - 70230101 – Lingvistika (nemis tili)

Kafedrada oqitiladigan fanlar:

Bakalavriat yonalishi:

  1. Og‘zaki nutq amaliyoti
  2. O‘qish va yozish amaliyoti
  3. Tillar o‘qitish metodikasi va ta‘lim texnologiyalari
  4. Tili o‘rganilayotgan mamlakatlar adabiyoti tarixi
  5. Nazariy fonetika
  6. Nazariy grammatika va til tarixi
  7. Leksikologiya
  8. Nemis tili ikkinchi chet tili sifatida
  9. Stilistika
  10. Tarjima nazariyasi va amaliyoti
  11. Qiyosiy tipologiya

Magistratura mutaxassisligi:

  1. Kognitiv lingvistika
  2. Matn lingvistikasi
  3. Zamonaviy lingvistika
  4. Ilmiy va kasbiy faoliyatga yo‘naltirilgan chet tili
  5. Qiyosiy adabiyotshunoslik
  6. Qiyosiy tilshunoslik
  7. Xorijiy tillarni o‘qitish qiyosiy metodikasi

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube