O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2021 yil 9 sentyabrdagi PF-6309-son “Respublika oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan, ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanayotgan iqtidorli yoshlarni yanada qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmoni yuzasidan Universitetda 2022 yil 27 yanvarda bo‘lib o‘tgan Kuzatuv Kengashi qaroriga hamda universitetning 2022 yil 3 fevraldagi 40-son buyrug‘iga asosan “Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish” bo‘limi tashkil etildi
Hozirda bo‘lim boshlig‘i: Ismatova Shaxnoza Miraxmatovna.
Bo‘limi muhandisi: Abdurashidova Rushana Farhodovna
Bo‘lim o‘z faoliyatini bo‘lim Nizomi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 13 oktyabrdagi 226-son “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan “Talabalar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari va ularni tayinlash tartibi to‘g‘risida Nizom” va “Davlat stipendiyalari va ularni tayinlash to‘g‘risidagi Nizom”, qarorlar, respublika talabalar fan olimpiadasi yuzasidan yuqori tashkilotlardan kelgan topshiriqlar asosida olib boradi.
Hozirgi kunda universitetda iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida ilmiy faoliyatga qiziquvchi, mustaqil fikrga ega, qobiliyatli iqtidorli talabalarni nufuzli professor-o‘qituvchilarga “Ustoz-shogird” an’analari asosida biriktilib, talabalar o‘rtasida turli tanlovlarga keng targ‘ib qilinib kelinmoqda hamda iqtidorli talabalarni tegishli fan olimpiadalariga tayyorlash ishlari olib borilmoqda. Shu bilan bir qatorda fakultetlar bo‘yicha iqtidorli talabalarning bazasini yangilandi va ro‘yxati tasdiqlandi. Bakalavriatning 1-bosqichiga qabul qilingan talabalarga universitet Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi haqida ma’lumot berib, uning maqsad va vazifalari bilan tanishtirildi.