Shanxay shahrida Xorijiy tillar universitetlari global asosiasiyasining 4-prezidentlar forumi bo‘lib o‘tdi. Ikkinchi tadbir – Til va sivilizasiya forumi Pekin chet tillar universitetida tashkil etildi.
Ushbu tadbirlarda O‘zDJTU o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Bahrom Qulmatov “Chet tillar universitetlarining madaniy almashinuvlar va o‘zaro o‘rganish jarayonidagi roli” mavzusida chiqish qildi.
Tadbir doirasida Shanxay va Pekin chet tillar universitetlari rahbarlari bilan muloqot olib borildi. Natijada mazkur universitetlarning magistratura va doktorantura talabalarining O‘zDJTUda 1 yillik stajirovka o‘tashi, xitoy tili kafedrasida assistent-o‘qituvchi lavozimida ishlashlari bo‘yicha kelishuvga erishildi va hozirda ulardan uch nafari dars berishni boshladi, yana bir nafari tez kunlarda yetib kelishi kutilmoqda.