30-yanvar kuni OʻzDJTU rahbariyati va Yaponiyaning Vakayama universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Dastur davomida Vakayama universiteti rektori prof. Mitsugi Motoyama, Xalqaro aloqalar boʻyicha ijrochi direktor prof. Takanori Nomura, Xalqaro aloqalar boʻyicha menejer Janob Takumi Teramoto, Maxsus tayinlangan Xalqaro ishlar boʻyicha koordinator Kazuye Nakamoto hamda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov, Xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi Xusan Yoʻldoshev va boshqa mas’ullar ishtirok etdi.
Uchrashuv avvalida tomonlar oʻz oliy oʻquv yurtlari faoliyati haqida batafsil ma’lumot almashdi.
Soʻng ta’lim, talabalar almashinuv dasturlari va boshqa qator hamkorlik aloqalari muhokama qilindi. Yakunda kelishib olingan masalalar boʻyicha anglashuv memorandumi imzolandi.