4-dekabr kuni Seul shahrida bo‘lib o‘tayotgan Ikkinchi Koreya-O‘zbekiston oliygohlari rektorlari forumi doirasida ushbu davlatning Jeonbuk milliy universiteti, Kangwon milliy universiteti va Honam universiteti bilan anglashuv memorandumlari va shartnoma imzolandi.

Memorandumlarda hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari belgilangan bo‘lib, universitet rektorlari kelgusida ushbu memorandum bandlarini amalga oshirish bo‘yicha alohida shartnomalar imzolashga kelishib oldilar.

Koreyaning Jeonbuk milliy universiteti bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi. Jeonbuk milliy universiteti prezidenti O-Bong Yang janoblari mazkur shartnoma imzolanishi o‘zaro manfaatli hamkorlikni amalga oshirish uchun asos bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, kelishuvlarni ilk bosqichida O‘zDJTU talabalari uchun 30–40 ta grant ajratilishi ma’lum qilindi.

Jeonbuk milliy universitetining koreys tili va boshqa yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirishga bo‘lgan intilishi va ishtiyoqi inobatga olgan holda, ushbu oliygoh prezidenti O-Bong Yangga “O‘zDJTU Faxriy professori” unvoni va sertifikati topshirildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube