AN'ANAVIY TALABALAR KONFERENSIYASI — PRESETT DAY
2026-yil 6-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Ingliz tili 2-fakulteti, Ingliz tili integratsiyalashgan kursi №2 kafedrasi tomonidan tashkil etilgan PRESETT DAY talabalar konferensiyasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Hall 201 da bo‘lib o‘tgan ushbu ilmiy-amaliy tadbir talabalar bilim va ko‘nikmalarini namoyish etish, zamonaviy ta’lim yondashuvlari bilan tanishish hamda tajriba almashish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.
Konferensiya doirasida quyidagi muhim sessiyalar tashkil etildi:
• “From Classroom Projects to Real-Life Skills: The Power of Project-Based Learning”
— Xorijiy mutaxassis: Professor Marie Harbon-Gruchelska
• “Applying for MA TESOL and MA EDIN Programs: Requirements, Preparation, and Success Strategies”
— Xorijiy mutaxassis: Sanjar Djalalov (MA TESOL Program Leader)
— Bakhtiyor Akhmedov (Head of Admissions Office, Webster University)
Shuningdek, dastur davomida:
• Plenar sessiyalar
• Interaktiv skill station’lar (grammar, vocabulary, creativity)
• Student challenge’lar va tanlovlar
• Adabiyot viktorinasi va sahna chiqishlari tashkil etildi
Tadbir davomida talabalar o‘z ilmiy va ijodiy salohiyatlarini namoyon etish, fikr almashish hamda yangi tajribalar orttirish imkoniga ega bo‘ldilar.