“Biz — giyohvandlikka qarshimiz!” mavzusida Zakovat bilimlar bellashuvi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti dekani A. Xalillayev, yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan muovini A. Mallayev, IPMBIB mutaxassisi M. Abdurahmonova, fakultet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi N. Sabirova hamda fakultet tyutorlari P. Jabborova va Z. Nazarova, A. Bekmurzayeva boshchiligida fakultet talabalari o‘rtasida “Biz — giyohvandlikka qarshimiz!” mavzusida Zakovat bilimlar bellashuvi tashkil etildi.

Mazkur bellashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad talabalarning darsdan keyingi bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual salohiyati va bilimini oshirish, jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda yoshlar o‘rtasida giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida tushuncha va xabardorlikni kuchaytirishdan iborat.
Bellashuv davomida ishtirokchilar giyohvandlikning inson salomatligi va jamiyatga yetkazadigan zarari, sog‘lom turmush tarzi, huquqiy savodxonlik hamda zararli odatlarning oldini olishga oid savollar yuzasidan o‘z bilim va tafakkurlarini namoyon etdilar.
Bunday intellektual bellashuvlar yoshlarning bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazish, ularda sog‘lom hayotiy qarashlarni shakllantirish, zararli odatlarga nisbatan murosasiz munosabatni rivojlantirish va faol fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlashga xizmat qiladi.