“Biz giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi

Xalqaro jurnalistika fakultetida “Biz giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida  ma’naviy marifiy ishlar bo’yicha dekan muovini D.Xoshimova hamda tyutorlar S.Xolmurodov M.Abdullayeva, S.Raxmatova, N.Aminova K.Mamadaliyeva boshchiligida profilaktik tadbir tashkil etildi. Uchrashuvda fakultet dekani Alisher Matyakubov, Chilonzor tumani IIO FMB ATSJOOB inspektorlari — leytenant Mamatkulov Xayrulla Tursunpulatovich va katta leytenant Eshplatova Sevinch Akbarjon qizi, shuningdek fakultet xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida yoshlar orasida giyohvandlikning salbiy oqibatlari, uning shaxs va jamiyat hayotiga yetkazadigan zararli ta’sirlari borasida batafsil ma’lumotlar berildi. Mutaxassislar giyohvandlikka qarshi kurashning samarali usullari, profilaktika choralarining ahamiyati va yoshlar ongida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish zarurligi haqida ma’ruza qildilar.

Shuningdek, talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavzu yuzasidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi. Tadbirning asosiy maqsadi — talaba-yoshlar ongida hushyorlikni kuchaytirish, ularni zararli illatlardan himoya qilish va sog‘lom hayot sari yo‘naltirishdan iborat bo‘ldi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube