Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Talant shou” tanlovining “Milliy va xorij qo‘shiqlari” yo‘nalishi bo‘yicha universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlov yoshlarning iqtidorini kashf etish, ularning sahnadagi iste’dodini yorqin namoyon qilish va milliy hamda jahon musiqiy san’atini keng targ‘ib qilishga qaratildi. Ishtirokchilar yakkaxon va jamoaviy ijrolar orqali o‘z mahoratlarini namoyish etib, sahnada tomoshabinlarni hayratga soldi.

Tadbirni ochib berar ekan, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Valijon Sadiyev, bunday ijodiy tanlovlarning yoshlarning shaxsiy va ijodiy rivojlanishida qanchalik muhim ekanini ta’kidladi, ularning iste’dodlarini qo‘llab-quvvatlash va san’atga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish zarurligini alohida qayd etdi

Yakkaxon ijro g‘oliblari:
 • 1-o‘rin — Hoshimjonova Nozima Hasanjon qizi
(Ingliz filologiyasi fakulteti, 1-bosqich) — bazaviy stipendiyaning 2 barobari miqdorida pul mukofoti.
 • 2-o‘rin — To‘ychiyeva Nilufar Bahromjon qizi
(Tarjimonlik fakulteti, 1-bosqich) — bazaviy stipendiyaning 1,5 barobari miqdorida pul mukofoti.
 • 3-o‘rin — Beknazarov Nurbek Qahramon o‘g‘li
(Ingliz tili ikkinchi fakulteti, 2-bosqich) — bazaviy stipendiyaning 1 barobari miqdorida pul mukofoti.

Jamoaviy ijro g‘oliblari:
 • 1-o‘rin — Sobirova Nixola Botirjon qizi, Siddiqova Mahliyo Sherzodovna
(Sharq filologiyasi fakulteti) — jamoaning har bir a’zosiga bazaviy stipendiyaning 2 barobari miqdorida pul mukofoti.
 • 2-o‘rin — Asatova Bonu Akbar qizi, Abdusattorova Maftuna Akrom qizi
(Ingliz filologiyasi fakulteti) — jamoaning har bir a’zosiga bazaviy stipendiyaning 1,5 barobari miqdorida pul mukofoti.
 • 3-o‘rin — Ma’rufonova Zuhra Davronbek qizi, Ma’rufjonova Fotima Davronbek qizi
— jamoaning har bir a’zosiga bazaviy stipendiyaning 1 barobari miqdorida pul mukofoti.

Nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar:
 • “Eng yaxshi vokal ijrochi” — Axtamov Diyorbek Umid o‘g‘li
(Ingliz filologiyasi fakulteti, 2-bosqich) — tashakkurnoma bilan taqdirlanadi.
 • “Eng yaxshi milliy qo‘shiq ijrochisi” — Saidov Qozimxon Mavlon o‘g‘li
(Roman-german filologiyasi fakulteti, 2-bosqich) — tashakkurnoma bilan taqdirlanadi.
 • “Eng yaxshi xorijiy qo‘shiq ijrochisi” — Ortiqova Durdona Ilhom qizi
(Sharq filologiyasi fakulteti, 2-bosqich) — tashakkurnoma bilan taqdirlanadi.
 • “Eng yaxshi jamoaviy ijro” — Sharq filologiyasi fakulteti 2-bosqich talabalari jamoasi
— tashakkurnoma bilan taqdirlanadi.

Gran-pri:
 • Maqsudova Zarima Adilbekovna
(Rus filologiyasi yo‘nalishi, 1-bosqich) — maxsus pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Tanlovda faol ishtirok etgan talabalarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube