Buyuk Britaniyaning Warwick universiteti professori, Scopus bazasida Q1 darajada indekslangan "Current Issues in Language Planning" jurnalining bosh muharriri Anthony Liddicoat hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti  professori G. Ergasheva ishtirokida strategik ilmiy hamkorlikka bag‘ishlangan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida Current Issues in Language Planning jurnalida olib borilayotgan “Language Policy and Planning in Uzbekistan” mavzusidagi maxsus son (Special Issue) doirasidagi ishlarning joriy holati muhokama qilindi. Mazkur maxsus son doirasida mualliflar bilan ishlash, ilmiy maqolalar sifatini oshirish hamda tahririy talablarga moslashuvni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 

 

Xususan, maxsus son doirasida ishtirok etayotgan mualliflar uchun xalqaro nashr standartlari va tahririy jarayonlarga bag‘ishlangan yuqori saviyadagi ilmiy-amaliy seminar-treninglar va mahorat darslarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Uchrashuv yuqori saviyadagi akademik muloqot ruhida o‘tib, O‘zbekistonning til siyosati va tilni rejalashtirish sohasidagi dolzarb masalalarini xalqaro ilmiy maydonda tizimli va sifatli yoritishga xizmat qiladigan aniq va amaliy yo‘nalishlarni belgilab berdi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube