Xabaringiz bor, ayni kunlarda rektor maslahatchisi P.Jo’rayev, Roman-german filologiyasi fakulteti dekani X.Xakimov hamda dekan muovini A.Xalillayevlardan iborat delegatsiyamiz Ispaniyada bo’lib turibdi.

Delegatsiya a'zolari qator universitetlar bilan hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish hamda rivojlantirish bo’yicha bir qator shartnomalar imzolab, universitetimiz talabalari hamda professor-o’qituvchilari uchun manfaatli bo’lgan kelishuvlarga erishdi. 

Bugun 1-iyun sanasida ham ushbu delegtasiyamiz o’z ishlarini davom ettirgan holda Ispaniyaning Kadiz universiteti Xerez kampusi rektor delegati janob Antonio Rafael Pena Sanchez, ijtimoiy, madaniy va xalqaro loyihalar kordinatori Xavier de Koz Ruiz hamda turizm fakulteti rahbariyati bilan muzokaralar o’tkazdi. Muzokaralar natijasida yangi o’quv yilidan boshlab universitet vakillari tomonidan bir oyda ikki marta  onlayn seminarlar o’tkazib borish va Kadiz univeristetining eng katta xalqaro kutubxonasining onlayn fondidan O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti talaba hamda professor-o’qituvchilarining bepul foydalanish imkoniyatini yaratib berish bo’yicha kelishuvga erishildi. 

Shuningdek, agar bizning universitetda turizm fakulteti ochiladigan bo’lsa, Kadiz universiteti turizm fakulteti rahbariyati universitetimiz bilan to’laqonli hamkorlik olib borishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

 

Tayyorladi:Sarvinoz Iminjonova Axiz- 2105

2024-06-03 02-02

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi