Dissertatsiya ishi ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi

2026-yil 5-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida dissertatsiya ishlari bo‘yicha ilmiy seminar muhokamasi oflayn va Zoom onlayn platformasi orqali bo‘lib o‘tdi.

 

 

Unda Jumayeva Sadbarg Mirolimovnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) ixtisosligi bo‘yicha “Xorijiy til o‘rganuvchi talabalarga frazeologik birliklarni o‘qitishda matnga asoslangan yondashuv” mavzusida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi muhokama qilindi.

Ilmiy seminarda tadqiqotning dolzarbligi, maqsad va vazifalari, ilmiy yangiligi hamda amaliy ahamiyati yuzasidan batafsil taqdimot o‘tkazildi. Dissertatsiya ishida xorijiy til o‘rganayotgan talabalarga frazeologik birliklarni samarali o‘rgatishda matnga asoslangan yondashuvning metodik jihatlari yoritilgan.

Shuningdek, dissertatsiya yuzasidan taqrizchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, tadqiqot ishining ilmiy va amaliy ahamiyati haqida so‘z yuritdilar.

 

 

Seminar davomida ishtirokchilar tomonidan dissertatsiya yuzasidan savollar, taklif va tavsiyalar bildirildi hamda tadqiqot natijalari yuzasidan muhokamalar olib borildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube