Dissertatsiya ishi ilmiy seminarda muhokama qilindi

13-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida oflayn hamda ZOOM onlayn platformasi orqali dissertatsiya ishlari bo‘yicha ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda Burxonova Go‘zal Muxammadiyevnaning 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “O‘zbek va rus tillarida agrar terminlarning o‘zaro tarjimasi va leksikografik talqini” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi muhokama qilindi.

 

 

Ilmiy seminarda tadqiqot ishining dolzarbligi, ilmiy yangiligi, nazariy va amaliy ahamiyati yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Tadqiqot natijalari bo‘yicha savol-javoblar o‘tkazilib, ishtirokchilar tomonidan tegishli tavsiyalar berildi.

Ilmiy seminar yakunida dissertatsiya ishi yuzasidan bildirilgan fikr va tavsiyalar asosida tegishli xulosalar qilindi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube