Dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tdi
17-aprel kuni O‘zDJTUda Anarbayev Orzubek Raxmanovichning 10.00.06 — Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan dissertatsiya ishining ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir oflayn shaklda hamda ZOOM onlayn platformasi orqali tashkil etildi.
Mazkur muhokamada tadqiqotchining “Qo‘shma so‘zlarning ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjimasining o‘ziga xos xususiyatlari (gazeta korpusi materiallari asosida)” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi atroflicha ko‘rib chiqildi.
Ilmiy seminar davomida dissertatsiya ishining dolzarbligi, ilmiy yangiligi, nazariy va amaliy ahamiyati yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Tadqiqotda qo‘shma so‘zlarning tarjima jarayonidagi o‘ziga xos jihatlari, ayniqsa gazeta korpusi materiallari asosida tahlil qilingani alohida e’tirof etildi.
Yig‘ilish yakunida dissertatsiya ishini takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda uni keyingi bosqichga tavsiya etish masalasi muhokama qilindi