Dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tdi
3-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Asrorova Nargiza Isomitdinovnaning 10.00.11 – Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligida “Ikkinchi tilda sun’iy intellekt chatbotlari bilan og‘zaki suhbatlarning korpusga asoslangan diskurs tahlili” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishining bir martalik ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Muhokama oflayn hamda ZOOM onlayn platformasi orqali tashkil etildi. Unda dissertatsiya ishining ilmiy rahbari, taqrizchilar va rasmiy opponentlar ishtirok etdi.
Seminar davomida dissertatsiya ishining dolzarbligi, ilmiy yangiligi, nazariy va amaliy ahamiyati yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, tadqiqot natijalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan dissertatsiya ishi yuzasidan savol va takliflar bildirildi.
2026-09-03 02-50