Dissertatsiya ishining kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasi bo‘lib o‘tdi
8-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida dissertatsiya ishining kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasi oflayn hamda ZOOM onlayn platformasi orqali bo‘lib o‘tdi.

Muhokamada Yuldashev Xusanboy Ibragimovichning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “Ta’lim sohasidagi rasmiy yozishmalar tarjimasining lingvistik xususiyatlari (ingliz va o‘zbek tillari misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi muhokama qilindi.
Tadqiqotchi o‘z ilmiy ishining maqsadi, vazifalari, ilmiy yangiligi hamda amaliy ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berdi. Muhokama davomida dissertatsiya ishining nazariy va amaliy jihatlari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, taklif va tavsiyalar berildi.

Muhokama jarayonida taqrizchilar tomonidan dissertatsiya ishi yuzasidan xulosa va tavsiyalar taqdim etildi.
Muhokama yakunida dissertatsiya ishi belgilangan talablarga javob berishi qayd etilib, uni keyingi bosqichlarga tavsiya etish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.