Filologiya fanlari bo‘yicha PhD dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi

2026-yil 16-yanvar kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Ilmiy kengash majlisida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur ilmiy tadbir offline hamda ZOOM onlayn platformasi orqali tashkil etildi.

Unda Ibraximova Iroda Bobir qizining 10.00.11 — Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi bo‘yicha “Ko‘p tilli o‘zbek talabalarida lisoniy identikning sotsiolingvistik aspekti” mavzusida yozilgan dissertatsiya ishi muhokamaga qo‘yildi.

Himoya jarayonida universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov, ilmiy rahbar, rasmiy opponentlar ishtirok etdi.

Dissertatsiya ishi yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalar va savol-javoblar asosida tadqiqotning ilmiy yangiligi hamda amaliy ahamiyati atroflicha muhokama qilinib, himoya belgilangan tartibda yakunlandi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube