Finlyandiyada boʻlib turgan OʻzDJTU delegatsiyasi 22-yanvar kuni mamlakatning HELSINKI universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif chogʻida 400 yillik tarixining bir qismi, Finlyandiyadagi 40 000ga yaqin talaba va 8100 nafar xodimlar faoliyat koʻrsatadigan 11ta fakultetdan iborat eng yirik universitet ekanligi hamda til markazining faoliyati haqida maʼlumot berildi.
Shuningdek, til markazining xorijiy tillarni oʻqitish ochiq platformasi tanishtirildi hamda delegatsiyasi aʼzolariga 3-daqiqalik fin tili qisqa kursi mohirona oʻtib berildi. Tashrif doirasida Universitet qoshidagi til markazi rahbariyati bilan hamkorlikda OʻzDJTU va xalqaro Nordik universitetida kelgusida fin va shved tillarini oʻqitish tizimini tatbiq qilishda hamkorlik oʻrnatishga kelishildi.
Maʼlumot uchun: HELSINKI universiteti til markazida Tvex dasturi asosida 33 ta bakalavr yoʻnalishlari hamda magistraturaning nofilologik bosqichlarida trilingual (3 tilli) universitet sifatida fin tili ona tili, shved tili ikkinchi til hamda ingliz tilini majburiy til sifatida oʻqitilib kelinadi. Umumiy hisobda markazda 17 ta xorijiy til oʻqitilib, CEFR umumevropa tizimida barcha tillar talabalar tomonidan mukammal oʻzlashtiriladi.