INGLIZ TILI UCHINCHI FAKULTETIDA 1-KURS TALABALARI KUTIB OLINDI
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Ingliz tili uchinchi fakultetida 2026/2027-o‘quv yilida tahsil olish uchun qabul qilingan 1-kurs talabalarini kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda Ingliz tili uchinchi fakulteti dekani Ilhom Xaydarov ishtirok etib, yangi talabalarni universitet jamoasiga qo‘shilganlari bilan samimiy muborakbod etdilar.
Uchrashuvda rektor yoshlarni yangi bosqich bilan tabriklab, xorijiy tillarni puxta egallash, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish, o‘z ustida muntazam ishlash hamda universitet imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Fakultet dekani esa talabalarga ta’lim jarayoni, fakultetda yaratilgan sharoitlar va talabalar uchun mavjud imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi.
Shuningdek, 1-kurs talabalari universitetning ichki tartib-qoidalari, ta’lim jarayoni va talabalik hayotiga oid muhim jihatlar bilan tanishtirildi.
Tadbir davomida eng yuqori ball bilan talabalikka qabul qilingan 1-kurs talabalariga tashakkurnomalar topshirildi.
“Kelajak soati” darsining 1-mavzusi doirasida esa talabalarga “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” mavzusida mashg‘ulot o‘tkazildi.
Dars davomida yoshlarning vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash, faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, mustaqillikning mazmun-mohiyatini anglash hamda kelajakdagi maqsadlarini belgilashga alohida e’tibor qaratildi.
Yangi talabalik davringiz muborak bo‘lsin! Barchangizga bilim olish va izlanish yo‘lida muvaffaqiyat tilaymiz!
2026-09-07 05-14