Kengash davomida taqdirlash va tabriklar bo‘lib o‘tdi
2026-yil 30-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Kengashi yig‘ilishi davomida bir qator ustozlar, xodimlar hamda talabalar munosib e’tirof etildi.
Axborot-resurs markazi 2-toifali kutubxonachisi Xolmurodova Saida Kayumovna muborak 80 yosh bilan samimiy tabriklandi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2026-yil 8-apreldagi buyrug‘iga asosan Isakulova Nilufar Janikulovna “Madaniyat va san’at fidokori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangani bilan e’tirof etildi.
Universitetning xalqaro reytinglardagi yuqori natijalari ham alohida qayd etildi. Mazkur yutuqlar munosabati bilan universitet rektori, professor Ilhomjon To‘xtasinov maxsus sertifikatlar bilan taqdirlandi.
O‘zbekiston chempionati sovrindori — Ingliz tili 1-fakulteti talabasi Sirojiddinova Maftuna Nodirbek qizi stol tennisi sport turi bo‘yicha ayollar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatida faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritgani uchun taqdirlandi.
21–23-aprel kunlari Termiz davlat universitetida o‘tkazilgan talaba-qizlar o‘rtasidagi futbol bo‘yicha “Vazir kubogi” musobaqasida universitet terma jamoasi “Eng intizomli jamoa (Fair Play)” nominatsiyasi g‘olibi bo‘lgani uchun taqdirlandi.
7–9-aprel kunlari o‘tkazilgan talaba-qizlar o‘rtasidagi chim ustida xokkey bo‘yicha “Vazir kubogi” musobaqasida universitet terma jamoasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritgani bilan alohida e’tirof etildi.
Shuningdek, mazkur musobaqani yuqori saviyada tashkil etishdagi tashabbuskorligi uchun
Xamdamov Doniyor Shuxratovich,
Ochilov Elbek Olimovich,
Xolmurodov Raxmatilla Ne’matillayevich
tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi doirasida
yakuniy bosqichgacha muvaffaqiyatli ishtirok etgan universitet 2-bosqich tayanch doktorantlari:
— Tohirova Dilrabo Muzaffar qizi
— Abdullazoda Madina Rasuljon qizi
tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Ushbu yutuqlar universitetda sport, ilm-fan va iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlarning yorqin natijasi sifatida e’tirof etildi.