MALAYZIYANING UTHM UNIVERSITETI DELEGATSIYASI BILAN RASMIY UÇRAŞUV ÖTKAZILDI

MALAYZIYANING UTHM UNIVERSITETI DELEGATSIYASI BILAN RASMIY UÇRAŞUV ÖTKAZILDI

31-oktabr kuni Özbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilhomjon Töxtasinov Malayziyaning Tun Hussein Onn Malaysia University (UTHM) universiteti delegatsiyasi bilan rasmiy uçraşuv ötkazdi.

Uçraşuvda UTHM universiteti vakillaridan professor doktor Mohd Haziman Van Ibrahim, dotsent, professor doktor Izudinşoh Abd Vahab, dotsent Azmi Bin Abdul Latiff hamda katta yordamçi arxitektor Mohd Ayub Sahlan iştirok etdi. Şuningdek, Malayziya universitetining 10 nafar talabasi ham delegatsiya tarkibida taşrif buyurdi.

 



ÖzDJTU tomonidan uçraşuvda rektor Ilhomjon Töxtasinov, xalqaro hamkorlik masalalari böyiça prorektor Abdurahim Nosirov, ilmiy işlar va innovatsiyalar prorektori Otabek Yusupov, Pedagog kadrlarni qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş tarmoq markazi direktori J. Abduğaniyeva, xalqaro hamkorlik bölimi yetakçi mutaxassisi D. Xodjabekova hamda mazkur markazda xalqaro hamkorlik böyiça masʼul M. Musabekova qatnaşdi.

Muloqot davomida UTHM professor-öqituvçilari va talabalari tomonidan yaratilgan Petronas egizak minoralari (KLCC) arxitekturaviy modelining ikki universitet örtasidagi döstlik va hamkorlik ramzi sifatidagi ahamiyati muhokama qilindi.

 



Şuningdek, ikki oliy taʼlim muassasasi örtasida akademik mobillikni kengaytiriş, professor-öqituvçilar va talabalar almaşinuvini rivojlantiriş, özaro tajriba almaşiş hamda qöşma loyihalarni amalga oşiriş istiqbollari yuzasidan fikr almaşildi.

Uçraşuv yakunida tomonlar özaro hamkorlikni yanada rivojlantiriş, taʼlim va ilmiy faoliyat yönalişlarida yangi taşabbuslarni ilgari suriş muhimligini taʼkidladilar. Rasmiy uçraşuv doirasida ikki universitet vakillari esdalik sovğalarini almaşib, jamoaviy suratga tuşdilar.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube