Markaziy Osiyo mintaqasida psixologiya: Holati va rivojlanish istiqbollari” mavzusida xalqaro konferensiya
Joriy yilning 28-mart kuni O‘zbekiston jahon tillari universiteti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari psixol.f.d. (DSc) professori A.K.Shamshetova, universitet psixologi, psixol.f.f.d (PhD) Z.T.Xayrullayeva psixolog.f.f.d.( PhD), v.b. dotsent, D.T. Polvanova, psixol.f.f.d (PhD) dotsent, M.M. Miliyeva, katta o‘qtuvchi A.A.Bozorovlar
Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Amaliy psixologiya kafedrasi hamda “Maktabgacha va maktab ta’limi” vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Markaziy Osiyo mintaqasida psixologiya: Holati va rivojlanish istiqbollari” mavzusida xalqaro konferensiyada faol ishtirok etishdi.

Mazkur konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-iyuldagi PQ–200-son qarori ijrosini ta’minlash xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasiga muvofiq tashkil etildi.
Konferensiyada Evropa va MDH davlatlari olimlari tomonidan quyidagi dolzarb mavzularda ma’ruza va munozaralar olib borildi:
☆Kross-madaniy tadqiqotlar kontekstida turkiy xalqlarning psixologik maktablari va rivojlanish tendensiyalari;
☆Jamiyatning barqaror rivojlanishini ta’minlashda ruhiy salomatlik va psixologik farovonlik masalalari;
☆Inklyuziv ta’limni psixologik qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy yondashuvlari;
☆Shaxs va ijtimoiy guruhlar psixologiyasining dolzarb amaliy tadqiqotlari;
☆Psixolog faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy asoslar (Markaziy Osiyo mamlakatlari tajribasi ochib berildi.
Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.