Ochiq dars: “How to Improve Listening Skills”
Xalqaro jurnalistika fakulteti, Lingvistika va ingliz adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi Mirjalilova Madina Jamshid qizi hamda 2-kurs xorijiy til yo‘nalishi magistratura talabasi Yusupova Maxbuba Bardi qizi tomonidan Toshkent shahri, Uchtepa tumani 203-umumta’lim maktabi 11-sinf o‘quvchilari uchun B2 darajada “How to Improve Listening Skills” mavzusida 80 daqiqalik ochiq dars o‘tkazildi.
Dars davomida tinglash strategiyalari tushuntirildi, listening mock testi bajarildi va natijalar birgalikda tahlil qilindi. Interfaol mashg‘ulotlar orqali o‘quvchilarning tinglab tushunish va asosiy g‘oyani aniqlash ko‘nikmalari samarali rivojlantirildi.
Tadbir o‘quvchilarda ingliz tili bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlashga xizmat qildi va faol ishtirok ruhini rag‘batlantirdi.