ÖZDJTU KENGAŞINING NAVBATDAGI YIĞILIŞI BÖLIB ÖTDI
30-oktabr kuni Özbekiston davlat jahon tillari universiteti Kengaşining 2–3-son yiğilişi bölib ötdi. Yiğilişga universitet rektori, Kengaş raisi, professor Ilxomjon Tuxtasinov raislik qildi.

Yiğiliş kun tartibidan universitet faoliyatining ustuvor yönalişlari, taʼlim sifati, ilmiy-tadqiqot işlari, xalqaro hamkorlik, talabalarni turar joy bilan taʼminlaş, mehnat muhofazasi hamda ijro intizomi bilan boğliq masalalar örin oldi.
Kun tartibidagi masalalar yuzasidan masʼul rahbarlarning axborotlari tinglandi. Xususan, 2026-yilning 9 oyi davomida xalqaro hamkorlik, xalqaro investitsiyalar va grant mablağlarini jalb etiş, taʼlim xizmatlari eksporti, murojaatlar bilan işlaş hamda universitetning maqsadli körsatkiçlari ijrosi muhokama qilindi.
Şuningdek, «Rektor stipendiyasi» tanlovi natijalari, 2026/2027-öquv yilida xorijiy fuqarolarni öqişga qabul qiliş, talabalar turar joylari bilan taʼminlaş, Office registratori platformasi faoliyati va bitiruvçi kurs talabalari uçun kasbiy tayyorlov kurslarini taşkil etiş masalalari körib çiqildi.

Yiğiliş davomida ilmiy faoliyatga oid masalalarga ham alohida eʼtibor qaratildi. Jumladan, doktorant va mustaqil izlanuvçilarning dissertatsiya mavzularini tasdiqlaş, ilmiy monografiyalarni naşrga tavsiya etiş, ilmiy jurnallarni taşkil etiş, innovatsion loyihalar hamda universitet qoşida spin-off korxonalarini taşkil etiş masalalari muhokama qilindi.
Şu bilan birga, professor-öqituvçilarni ilmiy unvonlarga tavsiya etiş, kafedra va lavozimlarga nomzodlarni körib çiqiş, universitet akademik litseyi hamda magistratura bölimi faoliyatiga oid masalalar ham kun tartibidan örin oldi.
Muhokamalar yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegişli qarorlar qabul qilindi hamda masʼullarga belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlaş böyiça topşiriqlar berildi.