“Ogohlikni qanday his etaman? Agar ogoh bölsang, sen…” mavzusida tarğibot-profilaktik tadbir taşkil etildi

5-noyabr kuni IPMBIB mutaxassisi M. Yuldoşeva boşçiligida arab, turk va yapon guruhlari talabalari iştirokida “Ogohlikni qanday his etaman? Agar ogoh bölsang, sen…” mavzusida tarğibot-profilaktik tadbir taşkil etildi.

Tadbirda universitet profilaktika inspektori S. Şerboyev hamda Şarq filologiyasi fakulteti dekan örinbosari U. Nazarov iştirok etib, talabalarga huquqbuzarlik va jinoyatçilikning oldini oliş, qonunlarga hurmat bilan munosabatda böliş, şaxsiy xavfsizlik qoidalariga rioya qiliş hamda jamiyat oldidagi fuqarolik mas’uliyati yuzasidan tuşuntirişlar berdilar.

Tadbir davomida ogohlik va huşyorlikning inson hayotidagi ahamiyati, befarqlik va loqaydlikning salbiy oqibatlari, atrofda sodir bölayotgan voqea-hodisalarga daxldorlik hissi bilan munosabatda böliş masalalari muhokama qilindi.

Şuningdek, internet va ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalaniş, firibgarlik holatlarini aniqlaş, şubhali takliflardan ehtiyot böliş, yolğon axborot va zararli ğoyaviy ta’sirlardan himoyalaniş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Talabalarga axborotlarni tanqidiy tahlil qiliş va işonçli manbalarga tayaniş muhimligi tuşuntirildi.

Uçraşuv oçiq muloqot va savol-javob şaklida davom etdi. Talabalar mavzu yuzasidan öz fikr-mulohazalarini bildirib, kundalik hayotda uçraşi mumkin bölgan turli vaziyatlar böyiça mutaxassislarga savollar berdilar.

Şu bilan birga yoşlarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, soğlom turmuş tarziga rioya qiliş, zararli odatlardan yiroq böliş, öz huquq va majburiyatlarini anglaş hamda mustaqil qaror qabul qiliş könikmalarini rivojlantiriş masalalari ham muhokama qilindi.

Mazkur tadbir talabalarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltiriş, şaxsiy xavfsizlik borasidagi bilimlarini mustahkamlaş hamda ularda ijtimoiy mas’uliyat va daxldorlik hissini rivojlantirişga qaratildi.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube