O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Ilmiy kengash majlisi

9-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01 raqamli Ilmiy darajalar beruvchi kengashning 7-son majlisi bo‘lib o‘tdi.

 

 

Majlisda Murodova Dilnavoz Nizomovna 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Fenimor Kuper romanlarida hindular obrazi poetikasi” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Himoya jarayonida Ilmiy kengash a’zolari, ilmiy rahbar hamda rasmiy opponentlar ishtirok etib, nomzodning tadqiqoti bo‘yicha fikr va mulohazalarini bildirishdi. Dissertatsiya ishining ilmiy-nazariy ahamiyati, amaliy qiymati va dolzarbligi alohida e’tirof etildi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube