O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Kengashining 4-son yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

2025-yil 27-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Kengashining 4-son yig‘ilishi tashkil etildi.

Yig‘ilishda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov raislik qildi. Tadbir boshida u oliygoh faoliyatida amalga oshirilayotgan qonunchilik yangiliklari, oliy ta’lim, ilmiy va innovatsion faoliyat samaradorligi, shuningdek xalqaro hamkorlik va talabalar bilan ishlash tizimi haqida axborot berdi.

 

 

Kengash kun tartibida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
 • Fakultetlar va bo‘limlar ish faoliyati, ta’lim sifati, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlar, moliyaviy va moddiy-ta’minot hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash jarayoni;
 • Tashkil etilgan loyihalar, jumladan Erasmus+ dasturi natijalari;
 • Doktorantura, stajyor-tadqiqotchilik va PhD dasturlariga qabul natijalari;
 • Dissertatsiya ishlarining mavzulari va ilmiy rahbarlar belgilanishi;
 • Monografiyalar va ilmiy ishlarni nashrga tavsiya etish;
 • Ilmiy unvon va lavozimlarga tanlov masalalari.

Yig‘ilish davomida mas’ul xodimlar tomonidan har bir bo‘lim va fakultet faoliyati bo‘yicha hisobotlar taqdim etildi. Shuningdek, Kengash tomonidan barcha masalalar bo‘yicha zarur qarorlar qabul qilindi va mas’ullarga aniq topshiriqlar belgilandi.

Universitetning rivojlanishi va talaba-yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirishga qaratilgan ushbu yig‘ilish ijobiy natija bilan yakunlandi.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube