O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov “O‘zbek tili xorijiy til sifatida” yo‘nalishi bo‘yicha amaliyot o‘tayotgan Sankt-Peterburg davlat universitetining talabalari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda quyidagi talabalar ishtirok etdi:
Kreyidina Alisa Vladislavovna – 2-kurs talabasi
Zvereva Veronika Antonovna – 3-kurs talabasi
Kadirova Ulyana Vyacheslavovna – 3-kurs talabasi
Tupikina Aleksandra Aleksandrovna – 3-kurs talabasi
Sherbina Elizaveta Petrovna – 3-kurs talabasi
Mazkur talabalar 2025-yil 31-martdan 28-aprelga qadar O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “O‘zbek tili xorijiy til sifatida” yo‘nalishida stajirovka o‘tashmoqda. Tashriflari doirasida ular universitet hayoti, ta’lim tizimi va o‘zbek tili o‘qitilishining metodik jihatlari bilan yaqindan tanishmoqda.
Rektor Ilxomjon Tuxtasinov mehmon talabalar bilan samimiy suhbat olib bordi. Uchrashuv davomida talabalar o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi, o‘zbek tilini o‘rganish bo‘yicha boshlang‘ich darajadagi dastur asosida olib borilayotgan mashg‘ulotlar haqida fikr bildirishdi.
Shuningdek, rektor universitet tomonidan xorijiy talabalarning samarali ta’lim olishi uchun barcha sharoitlar yaratilganini ta’kidlab, ularning bu yerda o‘zlarini erkin his etishlari muhimligini alohida qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, barcha talabalar aeroportda kutib olinib, universitetning 2-talabalar turar joyiga joylashtirilgan. “O‘zbek tili” kafedrasi tomonidan ular uchun maxsus o‘quv dasturi ishlab chiqilgan bo‘lib, hozirda ushbu dastur asosida 3 nafar o‘qituvchi dars mashg‘ulotlarini olib bormoqda.