O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Meksika davlat avtonom universiteti hamkorligidagi ta’limiy tashabbus
 

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro aloqalar doirasida dunyoning nufuzli universitetlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va malaka oshirish institutlari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Bunday aloqalar nafaqat talaba va o‘qituvchilarning malakasini oshirish, balki ta’lim sifatini yuksaltirish va o‘zaro tajriba almashishda katta ahamiyatga ega.

 

Bu yo‘nalishda Meksikaning nufuzli oliy ta’lim muassasasi – Meksika davlat avtonom universiteti (QS WUR reytingida 251-o‘rin, QS World University Ranking reytingida 1001-1200-o‘rin) bilan o‘rnatilgan hamkorlik alohida ahamiyatga ega. Ushbu memorandum doirasida 2021-yildan buyon har semestrda ispan tili mutaxassislari, jumladan, professor Vima Vilchis Velazkes, professor Karlos Agilar va Gabriela Sorianolar rahbarligida hamda bitiruvchi kurs talabalari Roman-german filologiyasi fakulteti “Ispan tili amaliy fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchi va talabalariga individual ravishda filologiya hamda metodikaga oid dolzarb mavzularda ma’ruza va amaliy darslarni o‘tib kelmoqdalar. Jumladan, 2024-yil oktabr-noyabr oylarida 20 soatlik onlayn ma’ruzalar dasturi quyidagi mavzularni qamrab oldi:


 

• Metáforas y estudios culturales del español y mexicano
• La enseñanza de ELE en el aula uzbeka
• Cultura española a través de la lingüística
• Las peculiaridades linguoculturales de los países hispanohablantes
• La lengua española y su desarrollo en el mundo
• Sobre la gramática conceptual del español y uzbeko
• Breve historia de México y países hispanohablantes

Ushbu tashabbus ispan tili bo‘yicha o‘quv dasturlarining boyib borishiga, o‘zaro lingvistik va madaniy aloqalarning mustahkamlanishiga hissa qo‘shmoqda. Dastur ishtirokchilarning nafaqat bilim va ko‘nikmalarini oshirishiga, balki O‘zDJTUning xalqaro hamkorlikdagi yetakchi mavqeini yanada mustahkamlashga, O‘zbekiston madaniyati, urf-odatlarini ham dunyoga chuqurroq tanitishga xizmat qilmoqda. Shuningdek, dastur muvaffaqiyatli yakunlangach ishtirokchilar Sertifikat bilan taqdirlandilar. 
Ispan tili amaliy fanlar kafedrasi ushbu kabi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy hamkorlik loyihalari orqali zamonaviy ta’lim jarayonlariga yangi yondashuvlar joriy qilishda davom etadi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube