O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Psixologik xizmat” raqamli (onlayn) platformasi joriy etildi

Platforma faoliyati va unda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan joriy yilning 29-yanvar kuni universitetda targ‘ibot-tushuntirish tadbiri tashkil etildi. Unda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i D.Sh. Xamdamov, universitet psixologi Z.T. Xayrullaeva, Tyutorlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i X.I. Axmedov, Raqamli ta’lim texnologiyalari markazining Raqamli ta’lim texnologiyalarini joriy etish bo‘limi boshlig‘i D.Sh. Abduvoxidov, shuningdek, fakultetlarning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan muovinlari hamda tyutor-ustozlar ishtirok etdilar.

 

 

Targ‘ibot jarayonida ijtimoiy-psixologik raqamli platformaning funksional imkoniyatlari, afzalliklari va amaliy samaradorligi atroflicha tushuntirib berildi. Xususan, platforma orqali talabalarning psixoemotsional holatini diagnostika qilish, psixologik monitoringni olib borish, shuningdek, profilaktik va korreksion ishlarni tizimli tashkil etish imkoniyatlari yoritildi.

Shuningdek, ta’lim jarayonida talaba shaxsini markazga qo‘ygan holda, psixologik xizmatni talaba–psixolog–tyutor o‘rtasidagi uzviy hamkorlik asosida yo‘lga qo‘yish muhimligi ta’kidlandi. Barcha psixologik testlar, so‘rovnomalar va diagnostika topshiriqlarining raqamlashtirilgan onlayn platforma orqali amalga oshirilishi shaffoflik va tezkorlikni ta’minlashi, shuningdek, natijalarni chuqur tahlil qilish imkonini kengaytirishi qayd etildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube