O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
2026-yil 8-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 7-aprel kuni o‘tkazilgan jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yig‘ilish universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov raisligida o‘tkazildi. Unda universitet rahbariyati va mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida kechagi videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan ustuvor vazifalar muhokama qilinib, ularni universitet miqyosida amalga oshirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi. Xususan, talabalar o‘rtasida sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sport to‘garaklari faoliyatini kengaytirish hamda infratuzilmadan samarali foydalanish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi.
Shuningdek, mavjud holat tahlil qilinib, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish, sport bilan muntazam shug‘ullanuvchi talabalar sonini oshirish hamda bu borada tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash zarurligi alohida ta’kidlandi