Hozirda Washington shahrida o‘tkazilayotgan xalqaro konferensiyada ishtirok etayotgan O‘zbekiston delegatsiyasi hamda universitetimiz vakillari United States Department of Statega tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida delegatsiya a’zolari Davlat departamenti mas’ul xodimlari bilan uchrashib, tashkilotning asosiy faoliyat yo‘nalishlari hamda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan va rejalashtirilayotgan loyihalar bilan yaqindan tanishdilar. Muloqot jarayonida xorijiy tillar, xususan ingliz tilini o‘qitish, STEM fanlarini rivojlantirish, shuningdek ta’lim jarayoniga amerikalik mutaxassislarni jalb etish masalalari muhokama qilindi.
Ma’lumot uchun, Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat departamenti AQShda tashqi ishlar vazirligi vazifasini bajaruvchi asosiy tashqi siyosat idorasi hisoblanadi. Unga davlat kotibi rahbarlik qiladi hamda mazkur lavozim prezident va vitse-prezidentdan keyingi yuqori martabali mansab hisoblanadi.