O‘zbekistonlik talabalarning xorijdagi hayoti !

O’zbekiston davlat jahon tillari universitetini tamomlab hozirda Warwick universitetida( QS top-69 )  ta’lim olayotgan talabalarimizning ta’lim olish jarayonidagi ilmiy va ijtimoiy tadbirlar doirasidagi amaliy ishlarda o’z bilimi, iqtidori va salohiyatlari bilan xorijlik professorlar va xalqaro talabalar orasida o’z faolligini namoyish etmoqda.

Shu jumladan :

1.  Londonda  15-16-may kunlari o’tkazilgan ,,Uzbekistan–UK Education Forum” (https://www.google.com/url?sa=t&source=web&rct=j&opi=89978449&url=https://m.facebook.com/LSBUGlobal/posts/the-uzbekistan-united-kingdom-education-forum-is-officially-underway-were-excite/723206896934765/&ved=2ahUKEwjysoaXtJeRAxUgRUEAHR_aMJMQFnoECBUQAQ&usg=AOvVaw09DeIcU0EUN2jm2nCVTQUA)   da qatnashib, O’zbekiston va Angliya ta’lim tizimi va xalqoro hamkorlik doirasida o’z fikr va g’oyalari bo’yicha fikr almashish imkoniyatini qo’lga kiritishdi.

2. Angliyada 5 yildan beri o’zbek madaniyatini targ’ib qilib, ikki davlat va xorijliklar o’rtasida do’stlik aloqalari uchun xizmat qiladigan ”Uzbek Culture and Food Festival (https://share.google/bkfgZCSfc1oJ7GwT0) ” doirasida 2025-yil 21-22-iyun kunlari Londonda  o’tkazilgan tadbirda volontyorlik ishlarida faol qatnashib, tadbir mehmonlari va qatnashchilariga Vatanimiz milliyligi, urf-odatlarimiz va milliy taomlarimizni va o’zbek milliy kiyimlarimizni targ’ib qilishda o’z xissalarini qo’shishdi. 


3.  Warwick universiteti professorlari va xalqaro talabalar doirasida o’z milliygimizni namoyish etish maqsadida universitetdagi o’zbek talabalari bilan birgalikda “O‘zbekiston madaniyati kuni” (https://www.facebook.com/share/p/1E7job1Jg4/) o’tkazildi. Tadbir davomida mehmonlarga milliyligimiz va qadriyatlarimizga asoslangan sahna chiqishlari namoyish qilindi va o’zbek taomlari bilan kechaga o’zgacha ko’rinish taqdim etildi. Faol ishtirok etgan ishtirokchilarga esdalik sovg’alari taqdim etildi. 


4. Buyuk Britaniyadagi O’zbekiston elchixonasidagi o’tkazilgan bir qator diplomatik va ijtimoiy tadbirlarda qatnashib, faxriy sertifikatlar sohibi bo’lishdi. 

Hozirda esa Universitet talabalari ilmiy sohada ham qator ishlar olib borishmoqda.

 

 

Shu jumladan:

1. Ular O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan "NETRUZ" (https://netruz-project.blogspot.com/2025/07/netruz-teacher-research-and-mentor.html) ilmiy tadqiqot  doirasida  izlanishlar  olib borib, natijalarni ilmiy maqolalarda nashrga tayyorlash arafasida. 

2. Talabalar o‘z ilmiy izlanishlarini: a.CLT (Communicative Language Teaching)
b. Ingliz tili o’qituvchilarining oliy ta’limda Sun’iy intelektga oid qarashlari (The perceptions of AI among ELT teachers in higher education.)
c. O’quvchining mustaqil ta’limga tayyorligi (Learner Autonomy),
d.  Ingliz tilida ta’lim berish (English Medium Instruction) kabi dolzarb va zamonaviy mavzularda ilmiy izlanish qilib, tadqiqot ishlarini  muvaffaqiyatli himoya qilishdi, hamda o’z ilmiy ishlarini ,,Distinction’’ bilan tamomlashga erishishdi. 


3. 17 - noyabr kuni Warwick universitetida o‘tkazilgan 
“The Global Excellence event” (https://warwick.ac.uk/global/news-events/news/one-world-warwick)
 tadbiri bo’lib o’tdi. Tadbir davomida xalqaro grant va stipendiya g’oliblari bo’lishgan 500dan ortiq talabalar doirasidagi qizg’in uchrashuvda talabalar faol ishtirok etishdi va o’z ilmiy va ijtimoiy fikrlari bilan xalqaro talabalar bilan birgalikda o’z davlatlaridagi imkoniyatlarni o’rtoqlashishdi. Tadbir so’ngida sertikat va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.

 

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube