O‘zDJTU delegatsiyasining Erasmus+ KA171 loyihasi doirasidagi Ispaniyaga tashrifi boshlandi

O‘zDJTU delegatsiyasining Erasmus+ KA171 loyihasi doirasidagi Ispaniyaga tashrifi boshlandi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro hamkorlik aloqalari doirasida Yevropa Ittifoqining Erasmus+ KA171 dasturi asosidagi loyihalar izchil rivojlanib bormoqda.

Ispaniya Qirolligining nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Rioxa universiteti (Universidad de La Rioja) bilan amalga oshirilayotgan “2023-1-ES01-KA171-HED-000148842” raqamli Erasmus+ KA171 loyihasi doirasida O‘zDJTU rektori I. Tuxtasinov boshchiligidagi delegatsiya 2026-yil 13–17-iyul kunlari tashkil etilayotgan xalqaro seminar-treningda ishtirok etmoqda.

Tashrifning birinchi kuni O‘zDJTU delegatsiyasini Rioxa universitetining xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Carmen Novo Urraca hamda bo‘lim boshlig‘i Ana Pajares Ciercoles kutib oldi.

Shundan so‘ng Rioxa universiteti rektori bilan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida tomonlar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilinib, o‘zaro hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Mazkur shartnomada fan va texnika, til va texnologiyalar, shuningdek, qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish nazarda tutilgan. Muzokaralar davomida istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari atroflicha muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida tomonlar esdalik sovg‘alarini almashdilar.

Shundan so‘ng loyiha doirasida tashkil etilgan seminar-trening o‘z faoliyatini davom ettirdi. Rioxa universitetining xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori va bo‘lim boshlig‘i ishtirokchilarni universitet faoliyati bilan tanishtirib, seminar-trening dasturida belgilangan tadbirlar hamda ulardan ko‘zlangan maqsadlar haqida batafsil ma’lumot berdilar.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube