OʻzDJTU professor-oʻqituvchilari Buyuk Britaniyada xalqaro malaka oshirish dasturida ishtirok etmoqda
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti professor-oʻqituvchilari Buyuk Britaniyaning Norwich shahrida joylashgan hamkor taʼlim muassasasi — NILE (Norwich Institute for Language Education) tomonidan tashkil etilgan xalqaro malaka oshirish dasturida ishtirok etmoqda.
2026-yil 31-iyuldan 26-avgustga qadar davom etadigan mazkur dastur ingliz tilini oʻqitishning zamonaviy metodlari, innovatsion pedagogik texnologiyalar, o‘quv jarayoniga ilgʻor xalqaro tajribalarni tatbiq etish hamda professor-oʻqituvchilarning kasbiy va ilmiy-pedagogik salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan.
Dastur doirasida ishtirokchilar ingliz tilini oʻqitish metodikasi, zamonaviy pedagogik yondashuvlar, taʼlim jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanish hamda xalqaro tajribalarni amaliyotga tatbiq etish boʻyicha nazariy va amaliy mashgʻulotlarda qatnashmoqda. Shuningdek, xalqaro ekspertlar bilan tajriba almashish va kasbiy muloqotlar olib borish ham dastur tarkibidan oʻrin olgan.
Mazkur xalqaro malaka oshirish dasturi doirasida ishtirokchilar ingliz tilini oʻqitish metodikasi, zamonaviy pedagogik yondashuvlar va innovatsion taʼlim texnologiyalariga bagʻishlangan nazariy hamda amaliy mashgʻulotlarda ishtirok etmoqda. Shuningdek, dastur davomida xalqaro ekspertlar bilan tajriba almashish, ilgʻor xorijiy tajribalarni oʻrganish va ularni taʼlim jarayonida qoʻllash masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
2026-08-06 12-21