O‘zDJTU professori Guli Ergasheva Indoneziyaning Surabaya davlat universiteti (UNESA) hamda Indoneziya Ta’lim Fondi (LPDP) hamkorligida tashkil etilgan “International Community Development (ICD) – Community Training and Village Mentoring Program” xalqaro trening dasturida ishtirok etdi
2026-yil 5-fevral kuni ushbu dastur doirasida Guli Ergasheva Indoneziyaning Sharqiy Java hududidagi Bondowoso tumani hokimiyati tasarrufidagi Kalianya kichik provinsiyasiga tashrif buyurib, ayollarning bandligini ta'limlash va mehnat bozorida ularning ishtirokini oshirishga qaratilgan xalqaro konferensiyada ishtirok etdi. Konferensiya davomida xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda jamoatchilik bilan ishlash mexanizmlarini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

UNESCO Global Geoparks Network tarkibiga kiruvchi IJEN Geopark (Bondowoso hududi) bilan rasmiy xizmat ko‘rsatish shartnomasi imzolandi. Mazkur kelishuv quyidagi strategik yo‘nalishlarni qamrab oladi:
inson resurslarini rivojlantirish;
ilmiy tadqiqotlar ishlari hamda konferensiya va seminar-treninglar tashkil etish;
jamoatchilik asosida xizmat ko‘rsatish.

Ushbu hamkorlik bilimlar integratsiyasi hamda jamiyatga yo‘naltirilgan rivojlanishni kuchaytirish yo‘lida muhim qadam bo‘lib, BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga (SDG) xizmat qiladi. Tomonlar o‘rtasida o‘zaro kelishuv shartnomasi, uzoq muddatli va samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Mazkur tashabbus ilm-fan, geoparklar va global rivojlanish kun tartibini o‘zaro bog‘lovchi amaliy hamkorlik hamda gender tengligini ta’minlash, ayollar imkoniyatlarini kengaytirish yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlash orqali barqaror va inklyuziv rivojlanishning muhim namunasidir.