O‘ZDJTU REKTORI 3-TALABALAR TURAR JOYIDAGI YASHASH SHAROITLARI BILAN TANISHDI
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov rahbariyat vakillari bilan birgalikda 3-talabalar turar joyiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida talabalar uchun yaratilgan yashash sharoitlari, xonalarning holati hamda umumiy foydalanish hududlari ko‘zdan kechirildi.
Rektor talabalar bilan samimiy muloqot qilib, ularning yashash sharoitlari, kundalik hayoti va bo‘sh vaqtlarini qanday o‘tkazayotgani bilan qiziqdi. Talabalarning fikr va takliflari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan suhbatlashildi.
Shuningdek, talabalar turar joyida tozalik va tartibni saqlash, mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularning ta’lim olishi va shaxsiy rivojlanishi uchun qulay muhit yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.
2026-10-16 10-19